Reshford: "Barselona"ga ko‘p jihatdan yordam bera olaman"

  • 17 oktabr, 14:53
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" hujumchisi Markus Reshford "Manchester Yunayted" klubidan kataloniyaliklar safiga o‘tishi haqida fikr bildirdi.

Tecno

"Barsa"ga ko‘chib o‘tish menga yangi energiya, yangi o‘yin uslubi va yangi mamlakatni kashf etish imkonini berdi. Bu jamoa men uchun ideal ekanini his qilyapman. Shu bilan birga men ham klubga ko‘p jihatdan yordam bera olaman. Bu mening faoliyatimdagi ajoyib qadam va men kelajakka ishonch bilan qarayman", — dedi Reshford jurnalist Fabritsio Romanoga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, angliyalik forvard "ko‘k-anorranglilar" tarkibida 10 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan va 5 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. "Transfermarkt" ma’lumotlariga ko‘ra, 27 yoshli hujumchining transfer narxi 40 million evroga teng.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!