Premer-liga ishtirokchilari qisqarishi kutilmoqda

  • 18 yanvar, 2021, 19:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya premer-ligasi formati o‘zgarishi kutilmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, liga ishtirokchilari sonini 16 tadan 12 taga tushirish rejalashtirmoqda. Bu loyiha Rossiya futbol ittifoqi tomonidan ilgari surilayotgani aytilmoqda.

Tecno

Ayni paytda musobaqani o‘tkazish uchun ikkita variant bo‘yicha ish olib borilyapti.  Birinchi variantda jamoalar ikki davrali tizimda kuch sinashadi va keyin ikki guruh bo‘linadi. Yuqori o‘rinlarni egallagan birinchi guruh vakillari Evrokubok turnirlari yo‘llanmas uchun kurashni davom ettiradi. Qolganlari, ligada qolish uchun o‘zaro raqobatlashadi.

Ikkinchi variantda jamoalar ikki davrali tizimda o‘zaro kuch sinashgandan keyin, pley-off o‘yinlarida maydonga  chiqishiga to‘g‘ri keladi. Bu tizimda yuqoridan sakkizta jamoa chempion va Evrokuboklar ishtirokchilari aniqlash uchun o‘zaro bahslashadi. Quyi o‘rinni egallagan to‘rtta klub esa, pastki liganing to‘rt etakchisi bilan premer-ligadan joy olish uchun bellashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!