
“Mirabror Usmanov Memorial Cup-2022”. O‘zbekiston Yaponiya darvozasiga javobsiz 3 ta to‘p kiritib, g‘alabani naqd qildi
Mirabror Usmonov xotirasiga bag‘ishlangan “Mirabror Usmanov Memorial Cup-2022” turniri davom etmoqda.
Ikkinchi tur o‘yinida Yaponiya hamda O‘zbekiston U-16 terma jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. Unda vakillarimiz 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Hamyurtlarimiz safida gollar Ollobergan Karimov, Laziz Mirzaev va Oybek O‘rmonjonov tomonidan kiritildi. Qayd etish lozim, 40-daqiqada mehmonlar vakili Tsuchiya Kaito hakam tomonidan maydondan chetlatildi.
Fikrlar