
Yamaykalik futbolchi “Manchester Siti”ni kuchaytiradi
“Manchester Siti” ikki yildan buyon kuzatuvda bo‘lgan “Bayer” vingeri Leon Beyliga taklif yuborishni rejalashtirmoqda.
“Shaharliklar” rahbariyatining fikricha, 22 yoshli yamaykalik futbolchi jamoadan ketishga hozirlanayotgan Leroy Sanening o‘rnini bosishi kerak.
Beylining transferi 40 million evroga baholanmoqda va uning nemis klubi bilan shartnomasi 2023 yilning yozigacha tuzilgan. Futbolchi bu mavsumda 16 ta o‘yinda beshta gol urdi.
Fikrlar