Jahonbaxsh: "O‘zbekiston birinchi bo‘limda yaxshiroq o‘ynadi"

  • 12 iyun, 2024, 03:45
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Eron -O‘zbkiston uchrashuvida darvoazalar ishg‘ol qilinmadi va tomonlar bir ochkodan bo‘lishib olishdi. O‘yindan keyin mezbonlarp sardori Alirizo Jahonbaxsh jurnalistlarning savollariga quyidagicha javob qaytardi:

Tecno

O‘yin ikki xil bo‘ldi. Birinchi bo‘lim biz uchun yomon o‘tdi. Ikkinchi taymda biz o‘z taktikamizni o‘zgartirdik. Agar gol urganimizda, vaziyatni yaxshilashi mumkin edi. Umuman olganda, bu yaxshiroq o‘yin bo‘lishi mumkin edi. Biroq, Xudoga shukur, birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdik".

"O‘ylaymanki, o‘yinning ikkinchi yarmida bizda yaxshi imkoniyatlar bo‘ldi va agar zarbalarimiz golga aylanganida, fikrlar albatta boshqacha bo‘lardi, lekin men bunga qo‘shilaman. Birinchi bo‘limda biz yaxshi o‘yin ko‘rsata olmadik va hech zavfli vaziyat yarata olmadik, bunga O‘zbekistonning himoyasi sabab bo‘ldi. Menimcha, ular birinchi taymni zo‘r o‘tkazishdi. Albatta, o‘yin bu muxlislar bilan yanada jonliroq o‘tishi mumkin edi. Bu uzr emas, lekin bizning 18 soatlik yo‘limiz va kam tiklanishimiz o‘z ta’sirini o‘tkazdi, ammo keyingi bosqichni yaxshiroq rejalashtirishimiz kerak.

Eslatib o‘tamiz, ushbu bahsdan so‘ng forslar guruhda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, keyingi bosqichga yo‘l olishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!