Jahon chempionligi uchun bo‘lgan tarixdagi eng uzun bahs haqida bilarmidingiz?
Bundan to‘rt yil avval, 2021 yil 3 dekabr kuni, Jahon Chempionligi uchun bo‘lgan mashhur bahsning oltinchi partiyasi bo‘lib o‘tgan edi. Bu o‘yin Jahon chempionligi bahslari tarixidagi eng uzun natijali partiya bo‘lgan.
Norvegiyalik Magnus Karlsen va rossiyalik Yan Nepomnyaщiy o‘rtasidagi bahs 7 soat 45 daqiqa davom etgan hamda 136 yurishdan iborat bo‘lgan.
Bahs uzun davom etganidan tashqari, so‘nggi besh yil ichida (2016 yil 24 noyabrdan buyon) jahon chempionligi duellaridagi birinchi natijali partiya bo‘lgan va Magnusning g‘alabasi bilan yakunlangan edi.
Shu o‘yindan so‘ng Karlsen beshinchi bor Jahon shaxmat tojini qo‘lga kiritgan edi.



Fikrlar