
"Fujaira Global 2025 - Open": Vakillarimiz ilk turda qanday natijalar qayd etdi?
Birlashgan Arab Amirliklarida shaxmat bo‘yicha "Fujaira Global 2025 - Open" turniri bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu turnirda ko‘plab hamyurtlarimiz ham ishtirok etmoqda.
Ayni vaqtda ushbu turnir doirasida birinchi tur bellashuvlari ortda qoldi. Ilk turda Asilbek Abdulazizov, Asmina Abdulazizova kabi shaxmatchilarimiz g‘alaba qozongan bo‘lsa, Muzaffarjon Abdurasulov, Asmiraxon Abdulazizova hamda Asadbek Abdulazizov imkoniyatni boy berdi.
Ayni vaqtda shaxmatchilarimiz egallab turgan o‘rinlar:
17-o‘rin: Asilbek Abdulazizov - 1 ochko
53-o‘rin: Asmina Abdulazizova - 1 ochko
127-o‘rin: Muzaffarjon Abdurasulov - 0 ochko
142-o‘rin: Asmiraxon Abdulazizova - 0 ochko
150-o‘rin: Asabdek Abdulazizov - ochko
Qayd etish lozim, 2-tur uchrashuvlari bugun 17:00da start oladi.
Fikrlar