
Evropaning yana bir mashhur yulduzi Messining yoniga ketadigan bo‘lyapti
“Inter Mayami” Evropa futbolida porlagan yana bir yulduzni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda.
Jurnalist Ekrem Konurning ma’lum qilishicha, mayamiliklar “Bavariya”ning 35 yoshli yarim himoyachisi Tomas Myullerga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Amerikaliklar nemis futbolchisi yordamida maydon markazini kuchaytirmoqchi.
Tomas Myuller butun faoliyatini bir jamoa o‘tkazgan o‘yinchilardan hisoblanadi. Myunxen superklubi tarbiyalanuvchisi 2009 yildan beri asosiy tarkibda o‘ynab kelmoqda.
Tajribali yarim himoyachining amaldagi shartnomasi yozda yakuniga etadi. “Inter Mayami” uni erkin agent maqomida bepul transfer qilmoqchi.
Tomas Myuller klublar Germaniya terma jamoasi safida 131 ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 45 ta gol yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar