Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
"Manchester Siti" himoyachisi Jon Stounz Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqida UEFA rasmiy sayti e’lon qildi.
Chempionlar ligasining birinchi chorak finalining eng yaxshi futbolchisi nomi uchun kurashda Stounz Alessandro Bastoni (“Inter”), Vinisius Junior (“Real”) va Braim Diaz (“Milan”)ni mag‘lub etdi.
Eslatib o‘tamiz, "Manchester Siti" Chempionlar ligasi 1/4 finalining ilk uchrashuvida o‘z maydonida "Bavariya"ni 3:0 hisobida mag‘lub etgandi. Jamoalar keyingi hafta Myunxenda javob o‘yinini o‘tkazishadi.



Fikrlar