"Bellator 277" turnirida super janglar bo‘ladi. To‘liq juftliklar bilan tanishing!

  • 15 aprel, 2022, 14:39
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Ertaga tongda AQShning San-Xose shahrida "Bellator 277" turniri start oladi.  Mazkur jang oqshomida tom ma’noda promoushenning yulduzlari oktagonga ko‘tariladi. 

Tecno

Markaziy to‘qnashuvda yarim engil vazn (65,8 kg) toifasi chempioni Ey Jey Makki o‘ziga tegishli bo‘lgan chempionlik titulini braziliyalik "Pitbul" nomi bilan mashhur  Patrisio Freyredan himoya qiladi.Ta’kidlab o‘tish kerakki, bu jang ular o‘rtasidagi revansh hisoblanib, dastlabkisida Makki g‘alaba qozongandi.

Ikkinchi markaziy jangda esa afsonaviy Fyodor Emelyanenkoning shogirdi, promoushenning yarim og‘ir vazn (93 kg) chempioni Vadim Nemkov sobiq UFC jangchisi va divizion etakchilaridan biri Kori Andersonga qarshi oktagonga ko‘tariladi. Shuningdek, bir qator qiziqarli to‘qnashuvlar ham o‘rin olgan.Quyida, to‘liq juftliklar bilan tanishishingiz mumkin.

Asosiy kard:

Yarim engil vazn (65,8 kg)

Ey Jey Makki (AQSh)-Patrisio Freyra (Braziliya)

Yarim og‘ir vazn (93 kg)

Vadim Nemkov (Rossiya) — Kori Anderson (AQSh)

Kelishilgan vazn toifasi

Aaron Piko (AQSh) — Adli Edvards (AQSh)

Oeir vazn (120,2 kg)

Timoti Jonson (AQSh) — Linton Vassel (Angliya)

Prelim kard:

Yarim engil vazn (65,8kg)

Gaston Bolanos (Peru) — Daniel Keri (AQSh)

Og‘ir vazn (120,2 kg)

Tayrel Forchun (AQSh) — Rakim Klivlend (AQSh)

Yarim og‘ir vazn (93 kg)

Dovletjan Yaxshimuradov (Turkmaniston) — Rafael Karvalo (Braziliya)

Yarim o‘rta vazn (77,1 kg)

Kayl Kratchmer (AQSh) — Maykl Lombardo(AQSh)

O‘ta engil vazn (61,2 kg)

Bobbi Seroni (AQSh) — Kalob Ramires (AQSh)

Yarim o‘rta vazn (77,1 kg)

Tayson Miller (AQSh) — Ralan Greysi (Braziliya)

Super engil vazn (56,7 kg)

Edvin De Los Santos (AQSh) — Alberto Mendes (AQSh)

Yarim engil vazn (65,8 kg)

Sokrates Ernandes (AQSh) — Rojelio Luna (AQSh)

Yarim engil vazn (65,8 kg)

Leyrd Anderson (AQSh) — D. T. Donaldson (AQSh)

Yarim og‘ir vazn (93 kg)

Teo Xeyg (AQSh) — Alan Benson (AQSh) 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!