Ana xolos: Do‘smatov Bibossinovni nimaning evaziga mag‘lub eta olgani ma’lum bo‘ldi!

  • 4 avgust, 2024, 11:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Parij Olimpiadasining boks musobaqalarida 51 kilogramm vazn toifasida jahonning eng kuchli ikki charm qo‘lqop ustasi – Hasanboy Do‘smatov va Saken Bibossinov o‘rtasidagi shiddatli jang hali ham muhokama va tahlil qilinmoqda.

Tecno

Rossiyaning «neKARAte» Youtube-kanali bu bellashuvni “Olimpiya o‘yinlarining eng yaxshi jangi”, deb baholadi va bahs tahlilini o‘z kuzatuvchilari e’tiboriga havola etdi.

- Hakamlarning qaroriga to‘liq va mutlaq qo‘shilaman. Bu erda hech qanday savol bo‘lishi mumkin emas.

Bunaqa janglar Olimpiadani bezaydi. Tezkorlik va texnika, ikkita mutlaqo boshqacha uslub, haqiqiy ikki boks ustasining bir ringda to‘qnashishi bu – superklass!

Bibossinovning bo‘yi baland, antropometriyasi zo‘r, buning evaziga u jangda qulay payt poylaydi, Do‘smatov esa, zarba bera olishi uchun yaqin va o‘rta masofaga kirib borishi, raqib himoyachisini yorib o‘tishi shart. Qozog‘istonlik bokschi raqibni kutib olish va zarba berish uchun masofani ushlab turishi talab etiladi.

Qisqasi, bu jangda hech kim chekingani yo‘q, Bibossinov jangda “uyg‘onmadi”, deb bo‘lmaydi. Do‘smatov ham etarli jarajada faollik ko‘rsatmadi, degan fikr yo‘q. Bu jangda har ikkisi ham borini berdi.

Shunday bo‘lsa-da, Do‘smatovning ishlashini e’tibor bersak, uning ringda haqiqiy “Professor” ekani namoyon bo‘ladi. Bu odam boks bilan tirik. U jangni o‘qiy oladigan haqiqiy bokschi. Jangda qachon oyoq harakatlarini ishga solish kerak bo‘lsa, shuni o‘z vaqtida qildi, qachonki oxirigacha kurashish kerak bo‘lsa, oxirigacha bosdi.

Hasanboy ringda nimalar bo‘layotganini ya’shi anglaydi. Bu jangda o‘ta muhim fazilat.

Jang tengma-teng bo‘ldi, lekin menga ko‘proq Do‘smatov yoqdi. Bu jangda u raqibidan katta ustunlik qilgani yo‘q, jang tengma-teng bo‘ldi. Hakamlarning qaroriga to‘liq qo‘shilanman. Do‘smatov  bu jangni oqilona olib borgani menga ma’qul keldi, - deyiladi  «neKARAte» Youtube-kanali sharhida.

Qozog‘istonda ham ekspertlar Bibossinov va Do‘smatov bellashuvini tahlil qilishni davom ettirmoqda. Xususan, Qozog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan murabbiy Sagatbek Musaxanov bu jang bo‘yicha o‘z bahosini aytdi.

- Birinchi raundda Bibossinov g‘alaba qozondi. Ikkinchi raunddan Do‘smatov jangga faolroq kirishdi va kichik ustunlik bilan o‘z foydasiga hal qildi.

Uchinchi raundda O‘zbekiston vakili to‘liq ustunlik qildi. Mag‘lubiyatda hakamlarni ayblab kerak emas. Qozog‘istonlik bokschilar zaxirasida nima bo‘lsa, hammasini namoyish qilib bo‘ldi, - dedi Sagatbek Musaxanov.

Eslatib o‘tamiz, Saken Bibossinov 2021 yilgi jahon chempioni va Tokio Olimpiadasi bronza medali sovrindori hisoblanadi.

Hasanboy Do‘smatov esa, 2016 yilgi Olimpiya o‘yinlarida oltin medal va eng zo‘r texnikasi uchun Vel Barker kubogi bilan taqdirlangan. Jahon va Osiyo chempionatlarida g‘olib chiqqan.

Britaniyalik ekspert Do‘smatovning g‘alabasini qanday baholadi? Bu fikrga qo‘shilasizmi?

Do‘smatovning azaliy raqibi alamli mag‘lubiyatni qanday qabul qildi? Qozog‘istonliklar nima deyapti?

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!