
Bugun Denis Istomin "St. Petersburg Open"da kortga chiqadi
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘tayotgan "St. Petersburg Open" turnirining juftlik bahslarini g‘alaba bilan boshlagan edi.
Denis bugun Toshkent vaqti bilan soat 15:00da o‘tishi kutilayotgan yakkilk bahslarining ilk davrasidagi uchrashuvini qozog‘istonlik Mixail Kukushkin qarshi o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, Denis Istomin juftlik bahslarida rossiyalik Mixail Elgin bilan tandem hosil qilib ishtirok etmoqda. Ular musobaqaning chorak finalida germaniyalik Andrea Begemann va Yan-Lennard Shtruff, yoki chililik Xuliyo Peralta va argentinalik Orasio Sebalosga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar