- 81 kg. Sharofiddin Boltaboev o‘z ishtirokini ikkinchi bosqichdan boshlaydi, qolgan 3 sportchimizning raqiblari ma’lum

  • 4 mart, 2021, 16:36
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

5-7 mart kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan dzyudo bo‘yicha "Katta dubulg‘a" turnirining qur’a tashlash marosimi biroz avval yakuniga etdi. - 81 kg vazn toifasidagi vakillarimizning raqiblari bilan tanishtirib o‘tamiz. 

Tecno

Sharofiddin Boltaboev qur’aga ko‘ra, o‘z ishtirokini ikkinchi bosqichdan boshlaydi. U Kipr vakili Maykl Aristos va janubiy koreyalik Li Sung Xo to‘qnashuvi g‘olibi bilan bahs olib boradi. 

Suhrob Tursunov birinchi bosqichda vengriyalik Robert Rajkaini sinovdan o‘tkazadi. Arslonbek Tojiev afg‘onistonlik Muhammad Zaher Sarvaiga qarshi tatamiga chiqadi. G‘iyosjon Boboevga esa frantsiyalik Alfa Omar Djalo raqiblik qiladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!