
- 100 kg vazn toifasida 3 nafar dzyudochimiz 2-bosqichdan kurashga kirishadi
5-7 mart sanalarida poytaxtimiz Toshkent shahrida dzyudo bo‘yicha "Katta dubulg‘a" turniri bo‘lib o‘tishidan xabardorsiz. Biroz avval ushbu turnirga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. - 100 kg vazn toifasida hamyurtlarimiz o‘z raqiblarini bilib oldi.
Birinchi bosqichda O‘tkirbek Turoboev Fiji vakili Tevita Takayava bilan bahs olib boradi. Ushbu vazn toifasidagi qolgan uch dzyudochimiz: Aqlmurodbek Xudoyberdiev, Shahboz Po‘latov, Muzaffarbek Turoboev ishtiroklarini 2-bosqichdan boshlaydigan bo‘ldi.
Fikrlar