
«Liverpul» – «Sautgempton». Matip uchrashuvni o‘tkazib yuboradi
“Liverpul” klubi himoyachisi Joel Matip bugun APLning 12-turida “Sautgempton”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yinda maydonga tusha olmaydi.
The Liverpool Echoning ma’lum qilishicha 25 yoshli kamerunlik futbolchining sonida jarohat aniqlangan. Hozircha uning jarohati haqida aniq ma’lumotlar oshkor etilmayapti.
Ma’lumot uchun, Matip joriy mavsum premer-liganing o‘tgan 11ta turining barchasida maydonga tushgan va o‘z hisobiga 1ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.
Eslatib o‘tamiz, «Liverpul» – «Sautgempton» bahsi bugun Toshkent vaqti bilan soat 20:00da start oladi.
Fikrlar