
Zuma "Chelsi"ga qaytishni xohlamayapti
O‘tgan mavsumni "Everton" safida ijarada o‘tkazgan "Chelsi" himoyachisi Kurt Zuma Londonga qaytmoqchi emas.
Daily Star nashri tarqatgan xabarga ko‘ra frantsiyalik futbolchi “irischilar” safida asosiy tarkib futbolchisiga aylangani uchun shu erda qolishni xohlamoqda.
Ma’lumot uchun, 24 yoshli Zuma o‘tgan mavsum APLda 32ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar