
Zubayra Tuxugov: "Janglarni sog‘indim"
UFC cobiq jangchisi Zubayra Tuxugov 3 oktyabr kuni Artyom Lobovga qarshi bo‘lajak jang haqida gapirdi.
"Men shunchaki jang qilmoqchi edim. Janglarni sog‘indim. PFL dan raqib so‘ragandim. Ular menga Artyom Lobovni taklif qilishdi va men rozi bo‘ldim", - dedi rossiyalik.
Eslatib o‘tamiz, Zubayra o‘zining so‘nggi bor 2023 yil 12 fevral kuni "UFC 284" turnirida oktagonga ko‘tarilib, braziliyalik Elvis Brenerdan hakamlarning qaroriga ko‘ra mag‘lub bo‘lgandi. Uning rekordida 20 g‘alaba, 6 mag‘lubiyat va 1 durang mavjud.
Fikrlar