
"Zomin" bosh murabbiyi: "Sho‘rtan"ning Superligaga chiqish imkoniyati keng"
Pro-liga 3-turidan o‘rin olgan "Zomin" - "Sho‘rtan" (2:1) jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan keyin matbuot anjumanida dastlab "Zomin" jamoasi bosh murabbiyi Asqar Umarov ishtirok etdi.
- Albatta, bugungi g‘alaba bilan muxlislarni tabriklayman. “Zomin” jamoasiga muxlislik qilgan, bizni qo‘llab-quvvatlagan ishqibozlarga rahmat. “Zomin” jamoasi albatta muxlislar uchun o‘ynaydi.
O‘yin tug‘risida gapiradigan bo‘lsak, bugungi o‘yin jangovar bo‘ldi. Maydonimiz o‘yin holatiga to‘g‘ri kelmadi, lekin yigitlarimiz mehnat qilib g‘alabani qo‘lga kiritdi.
“Sho‘rtan” jamoasini Supeligaga chiqishi imkoniyati keng. “Sho‘rtan” professional darajasiga etgan klublardan biri hisolanadi. Jamoani Asror Aliqulov yaxshi shakllantirgan. Maydonda jamoani ko‘rdik, chiroyli, hujumkor o‘yin ko‘rsatdi. Superligaga chiqishda “Sho‘rtan” jamoasiga omad tilaymiz.
“Sho‘rtan” PFK matbuot xizmati.
Fikrlar