
Zlatan “Milan” bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin turibdi
Zlatan Ibragimovich va “Milan” o‘zaro kelishuvni imzolash arafasida turibdi. Italiya OAVning xabar berishicha, shu hafta oxiriga qadar muzokaralar yakunlanishi rejalashtirilgan.
Shvetsiyalik yulduz dekabr oyida “rossoneri”lar safiga kelib qo‘shilgan va klub bilan mavsum so‘ngiga qadar shartnoma imzolagan edi. Bu vaqt oralig‘ida Zlatan 20 o‘yinda maydonga tushib, 11 gol va 5 ta assistga mualliflik qilgan.
Biroq ushbu kelishuvning imzolanishi bir jihat tufayli kechikishi ham mumkin. Ya’ni, forvard so‘rayotgan yiliga 7,5 mln evro maosh milanliklar taklif etayotgan summadan 2,5 mlnga ko‘proq.
Fikrlar