Zlatan bugun "Milan" bilan shartnoma imzolaydi

  • 27 dekabr, 2019, 15:26
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

La Gazzetta dello Sport nashri jurnalisti Nikolo Skira tarqatgan xabarga ko‘ra, tomonlar yozga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolashadi. Bu kelishuvni yana bir yilga uzaytirish sharti ham shartnomadan o‘rin oladi.

Tecno

Tajribali forvard "rossonerilar" safida bu mavsum 3 mln, kelgusi mavsum esa turli bonuslar bilan qo‘shib hisoblaganda 4,5-6 mln evro daromad qiladi.

Yaqin soatlar ichida 38 yoshli hujumchi milanliklar safida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va bu borada rasmiy bayonot beriladi. Ma’lumot uchun, Ibragimovich 2010-2012 yillarda ham "Milan" safida faoliyat olib borgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!