
Ibragimovich tengdoshlari orasida eng qimmati deb topildi
Dunyoga mashhur Transfermarkt sayti 1981 yilda tug‘ilgan eng qimmat futbolchilar reytingini tuzib chiqdi.
Unga ko‘ra, ayni damda transfer narxi 2,8 million evroni tashkil etayotgan "Milan" forvardi Zlatan Ibragimovich reytingning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi. Kuchli uchlikdan esa "Betis" a’zosi Xoakin Sanches (1,6) va "Espanol" posboni Diego Lopes (0,8) joy oldi.
Quyida 1981 yilda tug‘ilgan va hozirda transfer narxi eng qimmat baholanayotgan futbolchilar o‘nligi bilan tanishib olishingiz mumkin:
1. Zlatan Ibragimovich ("Milan") - 2,8 million evro
2. Xoakin Sanches ("Betis") - 1,6
3. Diego Lopes ("Espanol") - 0,8
4. Korona ("Almeriya") - 0,8
5. Aric Aduris ("Atletik") - 0,8
6. Brunu Alvesh ("Parma") - 0,8
7. Iker Kasilyas ("Portu") - 0,8
8. Nene ("Fluminense") - 0,6
9. Villi Kabalero ("Chelsi") - 0,6
10. Andres D'Alessandro ("Internasonal") - 0,6
Fikrlar