
Zinedin Zidan: Beyl o‘ynashni istamadi, men qolgan sirlarni ochmayman
“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan Evropa Chempionlar ligasida “Manchester Siti”ga qarshi bo‘ladigan javob o‘yinidan oldin fikrlarini bildirdi.
- Azarda chempionat oxirida bezovtalik bor edi. Hozir u bundan qutilgan. Endi qanday o‘ynashimizni ko‘rasiz. Hamma yaxshi sport formasida. O‘yinga 10 kun tayyorlandik.
Beyl masalasida juda ko‘p gaplar aytilyapti. Bizning o‘zaro munosabatimiz yaxshi. U “Siti”ga qarshi o‘ynashni istamadi. Biz gaplashib oldik va bu gaplarning hammasi ichimizda qoladi, - dedi Zidan.
"Real"dagi vaziyatni kuzatib borayotgan jurnalistlar Zinedin Zidan o‘zaro munosabatdagi muammolar tufayli Garet Beylga imkoniyat bermayotganini ta’kidlamoqda. Zidanning bu bayonoti ularga javob bo‘ldi.
Fikrlar