Zinchenko "Yuventus"ga o‘tishni istamadi

  • 4 sentabr, 2019, 22:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Manchester Siti" klubi himoyachisi Aleksandr Zinchenko joriy yozgi transferlar davrida "Yuventus"ga o‘tishi mumkin edi. Bu haqda Calciomercato nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga qaraganda turinliklar 22 yoshli ukrainalik futbolchi bilan muzokaralar o‘tkazishgan, ammo u “shaharliklar” safida qolishni tanlagan va “Yuve”ga rad javobini bergan.

Ma’lumot uchun, Zinchenko o‘tgan mavsum “Manchester Siti” safida jami 29ta o‘yinda maydonga tushdi va 1ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!