
Zinchenko "Yuventus"ga o‘tishi mumkin edi
"Manchester Siti" himoyachisi Aleksandr Zinchenko faoliyatini "Yuventus" klubida davom ettirishi mumkin edi.
Turin klubi chap qanot himoyani kuchaytirishni maqsad qilgan va bu borada "Man Siti"ga Zinchenkoning transferi bo‘yicha taklif bilan chiqqan. Ammo muzokaralar be’samar kechdi. Sababi, inglizlar ustozi
Pep Gvardiola ukrainalik himoyachini qo‘yib yuborishni istamadi va Zinchenkoning o‘zi ham jamoada baxtiyor ekanligini ta’kildagan.
Eslatib o‘tamiz, APLning amaldagi mavsumida Zinchenko 4 ta bahsda maydonga tushdi.
Fikrlar