Zinchenko soyasida qolib ketgan Tirni "Manchester Siti"ga o‘tishi mumkin

  • 28 aprel, 2023, 19:30
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" futbolchisi Kiran Tirni yozda klubni tark etishi mumkin. Unga APLning bir qator jamoalari qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, Gvardiola ham himoyachini "Manchester Siti"da ko‘rmoqchi. Bu haqda "Football Insider" nashri xabar tarqatdi.

Tecno

Zinchenko kelganidan keyin Tirnining o‘yin amaliyoti keskin kamayib ketdi. U odatda o‘yinga zaxiradan qo‘shilmoqda. Taqqoslash uchun, Kiran ushbu mavsum 1286 daqiqa maydonda harakatlandi. Ukrainalik himoyachida mazkur ko‘rsatkich 2277 daqiqa.

25 yoshli futbolchini "Aston Villa" va "Nyukasl" ham sotib olishni istamoqda. Uning "Arsenal" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilda tugaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!