
Zinchenko APLda qizil kartochka olgan ukrainalik ikkinchi futbolchi bo‘ldi
"Manchester Siti" himoyachisi Aleksandr Zinchenko kecha APLning navbatdagi turidan o‘rin olgan "Tottenxem"ga (2:0) qarshi o‘yinda hakam tomonidan qizil kartochka ko‘rsatilib maydondan chetlatildi.
Opta statistik portali tarqatgan xabarga qaraganda Zinchenko premer-liga tarixida maydondan chetlatilgan ukrainalik ikkinchi futbolchi bo‘ldi.
Aytish kerakki, bundan holat birinchi marta bundan 18 yil muqaddam, aniqrog‘i 2002 yilning yanvarida sodir bo‘lgan edi. O‘shanda "Arsenal"ning ukrainalik futbolchisi Oleg Lujniyga qizil kartochka ko‘rsatilgan.
Fikrlar