
Zidanning qasdi bormi?
Madrid klubidagi o‘rnini yo‘qotgan Garet Beyl vaziyat bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi. Uelslik futbol yulduzi muammolar boshlanishiga o‘tgan yili unga yaxshi takliflar bo‘lganida klub ketishiga ruxsat bermagani sabab bo‘lgani va ayb “Real”da ekanini ta’kidladi.
- Agar APLga qaytish varianti chiqsa, albatta uni qabul qilaman. Hozir sabr qilishim kerak. Hali transfer bozori yopilishiga ancha vaqt bor Lekin taqdirim baribir “Real”ning qo‘lida. Men o‘tgan yili ham ketishga uringan edi. Ular so‘nggi soniyalarda yo‘limni to‘sib qo‘ydi. O‘shanda menga bo‘lgan taklifdan hayratga tushib, loyihaga qo‘shilishga rozi bo‘lgandim. Undan tashqari ham takliflar ko‘p bo‘lgan va barchasiga klub to‘sqinlik qilgan. Meni “Real” bilan shartnomam davom etadi va men o‘z ishimni qilaman xolos, - dedi Garet Beyl.
Beyl bosh murabbiy Zidan bilan kelisha olmay qolgan. Frantsiyalik murabbiy unga etarlicha o‘yin vaqti ajratmayapti. Futbolchining o‘zi endigina 31 yoshga to‘lganini va to‘liq o‘ynashga qodirligi, asosiy tarkib o‘yinchilaridan kam emasligini uqtirmoqda.
Fikrlar