
Zidanning orzusi amalga oshmoqda
Dide Desham 2026 yilgi Jahon chempionatidan so‘ng Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyligini tark etadi.
Hozirda "ko‘klar" bosh murabbiyi hisoblangan Desham 2026 yilgi Jahon chempionatidan so‘ng rasman terma jamoa lavozimidan iste’foga chiqishini e’lon qildi.
Xabaringiz bor, bir necha yildan buyon Zinedin Zidan o‘zining milliy terma jamoasida ish boshlashni orzu qiladi. Shu sababli, 56 yoshli murabbiy lavozimini tark etgandan so‘ng Zidan eng yaxshi variant sifatia ko‘rilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Dide 2012 yildan buyon Frantsiyani boshqarib kelmoqda. Ushbu vaqt davomida 166 ta uchrashuvda shogirdlarini maydonga olib tushib, 106 ta g‘alaba, 31 ta durang va 29 ta mag‘lubiyatga uchragan. Shu bilan birga 6 ta yirik turnirda ishtirok etib, 3 ta marta finallarga chiqqan holda, 1 bora JChda zafar quchgan.
Fikrlar