Zidanni hayratga solgan futbolchi bor

  • 26 iyun, 2023, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya futboli afsonasi Zinedin Zidan PSJ hujumchisi Kilian Mbappening kelajagi porloq ekani va 24 yoshli to‘purar o‘z o‘yinlari bilan uni hayratga solganini aytdi.

Tecno

- Mbappe amalga oshirayotgan ishlar aqlbovar qilmas darajada. Men Kilian “Oltin to‘p” sovrini juda ko‘p marotaba qo‘lga kiritishiga umid qilaman.

Uning klub va terma jamoaga ko‘rsatkichlari fantastik darajada. U meni hayratga solyapti, - dedi Zinedin Zidan.

Kilian Mbappe PSJ tarkibida besh karra Frantsiya chempioni, uch karra mamlakat kubogi sohibi bo‘ldi.

Mbappe yosh bo‘lishiga qaramay, Frantsiya terma jamoasi safida 70 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 40 marotaba ishg‘ol qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!