
Zidanga yangi jamoa bor
“Real” bosh murabbiyligini topshirgan Zinedin Zidan uzoq vaqt ishsiz qolmaydigan ko‘rinadi.
Ma’lumotlarga qaraganda, PSJ rahbariyati hozirgi bosh murabbiy Maurisio Pochettino bilan kelisha olmayapti va uning o‘rniga frantsiyalik mutaxassisni taklif etishni rejalashtirmoqda.
Bundan tashqari, parijliklar Zidanning bosh murabbiy etib tayinlanishi jamoaning asosiy yulduzi Kilian Mbappe bilan yangi shartnoma tuzish imkonini keskin oshiradi.
Zidan ilk bor “Real”ni 2015-2016 yilgi mavsumda qabul qilib olib, jamoani ketma-ket uch marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqishiga sababchi bo‘lgan.
Shuningdek, Zidan qo‘l ostida madridliklar Ispaniya chempioni, mamlakat Superkubogi sohibi bo‘lgan. Ikki martadan UEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionati oltin medallarini qo‘lga kiritdi.
Oradan ma’lum muddat tanaffusdan so‘ng yana “Real”ni qabul qilib olgan Zidan bir martadan La Liga va Superkubok g‘olibi bo‘ldi.
Fikrlar