
Zidanga Frantsiya termasini bermaydigan bo‘lishdi
“Real” bosh murabbiyligidan ketganidan keyin Frantsiya terma jamoasini boshqarish niyatida boshqa klublar taklifini qabul qilmayotgan Zinedin Zidan rejasini o‘zgartirishiga to‘g‘ri keladi.
Zidan Qatardagi jahon chempionatidan keyin Dide Desham o‘rnini egallashi kutilgandi. Lekin Desham jamoani mundialga zo‘r tayyorlaganini ko‘rsatdi. Frantsiya bosh sovrin uchun asosiy da’vogar bo‘lib turibdi.
Buni inobatga olgan Frantsiya futbol federatsiyasi terma jamoani Zinedin Zidanga topshirish fikridan qaytdi.
Le Parisien nashrining xabar berishicha, federatsiya rahbariyati Dide Desham bilan hamkorlikni 2024 yilgi Evropa chempionatiga qadar davom ettirishga qaror qildi.
54 yoshli mutaxassis Frantsiya terma jamoasini 2012 yildan beri boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida terma jamoa 2016 yili Evropa chempionati finalchisi, 2018 yili jahon chempionati g‘olibi bo‘ldi.
Fikrlar