Zidan yozda sobiq klublarida ish boshlashi mumkin

  • 22 mart, 15:32
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Zinedin Zidan yozda "Real Madrid" yoki "Yuventus"da bosh murabbiylik bo‘yicha ish boshlashi mumkin. 
 
"Yuventus"da murabbiylik qilayotgan Tyago Mottaning ishlari so‘nggi uchrashuvlarda o‘xshamayapti. Bu esa natijaga katta ta’sir o‘tkazmoqda. "Qirollik klubi" ustozi hisoblangan Karlo Anchelottining ham yozda jamoani tark etishi haqidagi mish-mishlar ko‘payib borayotgan edi. 
 
"Gazzetta dello Sport" nashrining xabariga ko‘ra, frantsiyalik murabbiy hisoblangan Zidan yozgi transferlar oynasida yana ishga qaytishni rejalashtirmoqda. Agarda qaytadigan bo‘lsa, turinliklar va madridliklar mutaxassis uchun taklif bilan chiqishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!