Zidan Xavi Ernandesni qaydnomaga kiritdi

  • 13 iyun, 2020, 21:04
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" klubi La Liganing 28-turidan o‘rin olgan "Eybar"ga qarshi bahsda maydonga tushishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.

Tecno

Jarohatidan forig‘ bo‘lgan Eden Azar va Marko Asensio madridliklar safiga qaytgan.

Asensio deyarli 11 oy davomida maydonga tushmagan. U o‘tgan yilning 24 iyul kuni "International Champions Cup" turniri doirasida "Milan"ga qarshi bahsda jarohat olgandi.

Lukas Vaskes, Luka Yovich va Nacho "Eybar"ga qarshi uchrashuvda jamoaga yordam bera olishmaydi.

Quyida "qaymoqranglilar"ning 28-tur o‘yini uchun to‘liq qaydnoma ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin;

Darvozabonlar: Tibo Kurtua, Alfons Areolya, Diego Altube;

Himoyachilar: Daniel Karvaxal, Eder Militao, Serxio Ramos, Rafael Varan, Marselo, Ferlan Mendi, Xavi Ernandes Karrera;

Yarim himoyachilar: Toni Kroos, Luka Modrich, Isko, Kazemiro, Federiko Valverde, Xames Rodriges;

Hujumchilar: Eden Azar, Karim Benzema, Garet Beyl, Marko Asensio, Braim Dias, Vinisius Junior, Rodrigo Goes.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!