Zidan va Peres yana kelisholmay qoldi

  • 2 aprel, 2019, 11:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor bundan avvalroq "Real" himoyachisi Rafael Varan yozda jamoadan ketmoqchi ekanligini ma’lum qilgani haqida xabar berilgan edi.

Tecno

AS nashri tarqatgan xabargak o‘ra “qirollik klubi”da frantsiyalik futbolchining o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan bir nechta futbolchining nomzodi bor. Ammo, klub prezidenti Florentino Peres va bosh murabbiy Zinedin Zidanning bu masalada qarashlari turlicha bo‘lmoqda. Ular Varanning o‘rniga kimni sotib olish borasida o‘zaro bir to‘xtamga kela olishmayapti.

Peres "Atletiko"dan Xose Ximenesni olib kelishni xohlamoqda, Zidan esa "Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibalini ko‘zlamoqda.

Ta’kidlash kerakki, Peres qiziqayotgan 24 yoshli urugvaylik futbolchining transferi “Real”ga 120 mln evroga, Kulibaliniki esa 150 mln evro tushishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!