Zidan “Real”ni qabul qiladimi? Fabritsio Romano masalaga oydinlik kiritdi
“Real”da yuzaga kelgan vaziyat jamoani yozda qabul qilib olgan Xabi Alonsoning iste’foga chiqarilishi bilan yakunlanishi mumkinligi haqida ma’lumotlar ko‘p tarqatilyapti.
Shu bilan birga ispan murabbiyining o‘rnini kim egallashi ham muhokama qilinyapti. Variantlar orasida “Real” boshqaruvini uchinchi marotaba Zinedin Zidanga topshirish masalasi ham bor.
Frantsiyalik murabbiy qo‘l ostida madridliklar ketma-ket uch marotaba Evropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan va bunaqasi hali musobaqa tarixida umuman kuzatilmagan edi.
Taniqli insayder Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Zidan masalasiga oydinlik kiritdi. Uning hozir klub frantsiyalik mutaxassis bilan uni qaytarish bo‘yicha muzokara olib bormayapti.
Ilgari Alonso o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan nomzodlar orasida Yurgen Klopp ham tilga olingan edi.
Alonso jamoaga iyun oyida, to‘rt yil davomida ishlagan Karlo Anchelotti o‘rniga kelib, boshqaruvni qabul qilib olgandi.



Fikrlar