
Zidan: "Real" La Ligani yutish uchun bor kuchini ishga soladi
"Real" klubining ustozi Zinedin Zidan "Eybar"ga qarshi bahs oldidan jamoaning La Ligadagi kurashi borasida gapirib o‘tdi.
Madridliklar chempionatning 27-turidan so‘ng, turnir jadvalida etakchilik qilayotgan "Barselona" jamoasidan 2 ochkoga ortda qolmoqda.
"Hozirgi vaziyatda biz 2 ochkoga ortda qolmoqdamiz. Oldinda bizni yana 11 ta uchrashuv kutib turipti. La Ligada g‘olib bo‘lish uchun bor kuchimizni ishga solamiz.
Gohida, men o‘z fikrlarimni ispan tilida yaxshi tushuntirib bera olmayman. Men uchun har bir bellashuv juda muhim hisoblanadi. Hatto o‘rtoqlik bahslari ham! Bilamanki, "Real" libosi barcha narsa, deganidur.
La Liga uzoq davom etadigan musobaqa. Menga bu chempionat yoqadi. Agar jamoa ushbu chempionatda bir maromda yaxshi o‘ynab kelsa, bu ChLda ham foyda beradi. Primera eng qiyin va uzun turnir hisoblanadi.
Ispaniya futboli oddiy emas, bizni doim qiyin raqiblar kutib oladi va bu menga yoqadi. "Real" libosini kiyganingizda har uchrashuvda uning ahamiyati muhimdir," - dedi Zidan.
Fikrlar