
Zidan Jazoir taklifini rad etdi. Uni faqat bir terma qiziqtiradi
Zinedin Zidanga Jazoir terma jamoasida ishlash taklifi tushdi.
"L'Equipe" nashri xabariga ko‘ra, federatsiya Jamal Belmadi bilan shartnoma bekor qilinganidan so‘ng "Real"ning sobiq bosh murabbiyiga murojaat qilgan.
Zidanni ota-onasi Jazoirdanligi sabab mazkur taklif unga qiziq bo‘lsada, Zinedin bunga rad javobini berdi.
Avvalroq, u Braziliya va AQShdan kelgan takliflarni ham rad etgan. 51 yoshli mutaxassis Frantsiya terma jamoasini boshqarishni niyat qilgan.
Fikrlar