Zidan “dahshatli” taklifni rad etdi

  • 3 iyun, 08:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” bosh murabbiyligidan ketganidani keyin bir necha mavsumdan beri ishsiz yurgan Zinedin Zidan muntazam klublardan taklif oladi.

Tecno

Bu gal 52 yoshli mutaxassisga Saudiya Arabistonidan chorlov bo‘ldi.

L’Equipe nashrining yozishicha, Saudiya Arabistoni Professional ligasida ishtirok etayotgan “Al-Hilol” frantsiyalik futbol afsonasiga bir mavsum jamoani boshqarishni taklif qilgan. Shayxlar bu muddat uchun 100 million evro miqdorida xizmat haqi va’da qildi.

Manbaga ko‘ra, Zinedin Zidan saudiyaliklarning shartnomasini qabul qilmagan. Shundan keyin “Al-Hilol” mutasaddilari “Inter” bosh murabbiyi Simone Indzagi nomzodida to‘xtalgani aytilmoqda.

Futbol ekspertlari Zinedin Zidan 2021 yili “Real”ni topshirganidan beri Frantsiya terma jamoasini boshqarish orzusida yurganini ta’kidlayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!