
Zidan "An-Nasr"ni boshqarishi mumkin
Madridning “Real” klubi sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan Saudiya Arabistonida ish boshlashi mumkin. Insayder Pedro Almeydaning xabar berishicha, Krishtianu Ronaldu o‘ynayotgan "An-Nasr" frantsiyalik mutaxassis xizmatlariga qiziqmoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, Saudiya klubi Zidan uchun taklif tayyorlagan. "An-Nasr" Zinedinga mavsum uchun 50 million evro to‘lashga tayyor.
Ronaldu jamoasi Saudiya Arabistoni chempionatini ikkinchi o‘rinda yakunladi.
Fikrlar