"Zenit" hujumchisi PSJga o‘tishi mumkin

  • 26 yanvar, 2023, 23:00
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Zenit" yarim himoyachisi Malkom jamoasini o‘zgartirishi mumkin. 

"Relevo" nashri jurnalisti Matteo Morettoning xabar berishicha, 25 yoshli futbolchining xizmatlari PSJga taklif qilingan. Futbolchi avval ham Frantsiya chempionatida, aniqrog‘i, "Bordo" safida 2016-2018 yillar davomida to‘p tepgan. 

Braziliyalik joriy mavsum "Zenit" safida 23 uchrashuv o‘tkazib, 15 ta gol hamda 7 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. Uning sankt-peterburgliklar bilan shartnomasi 2027 yilga qadar amal qiladi. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!