
"Zenit" futbolchisini A Seriya klubiga ijaraga berib yubordi
Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi yarim himoyachisi Emiliano Rigoni yangi mavsumni "Sampdoriya"da boshlaydigan bo‘ldi. Bu haqda italiyalik jurnalist Nikolo Skira o‘z tvitterida xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra A Seriya klubi 26 yoshli argentinalik futbolchini keyinchalik 9 mln evroga sotib olish huquqi bilan 1 mln evroga 1 yilga ijaraga oladi.
Ma’lumot uchun, Rigoni “Zenit” safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U piterliklar safida jami 41ta o‘yinda maydonga tushib, 10ta gol urishga erishgan.
Fikrlar