
"Zenit" "Barselona"ga rasmiy taklif bilan chiqdi
Rossiyaning "Zenit" klubi "Barselona" futbolchisi Malkomni xarid qilmoqchi.
Sankt-Peterburg klubi futbolchi uchun rasmiy taklif bilan chiqdi va 35+5 mln evro to‘lashga tayyor. Ammo Kataloniya klubi Malkomning transferidan 45 mln evro va qo‘shimcha 5 mln evro bonus olishni istayapti.
"Barsa" futbolchiga uning manfaati uchun xizmat qiladigan jamoaga qo‘yib yuborishni tushuntirgan. Ammo Malkom Rossiyada faoliyatini davom ettirishga qarshi emas.
Kataloniya jamoasining rahbarlari ushbu transfer shu haftada xal bo‘lishiga shubxa qilishmoqda.
"Zenit" klubi sport rahbari Xaver Ribalta hozirda Barselonaga tashrif buyurgan. Ruslar 48 soat ichida transferni rasmiylashtirishni istashmoqda.
2018/19 yilgi mavsumda Malkom La Liganing 15 ta bahsida maydonga tushdi va bitta gol urish bilan birga 2 ta assistlik vazifasini bajargan.
Fikrlar