
"Zenit" – qatorasiga 4-marta Rossiya chempioni!
Rossiya chempionatining 27-turidan o‘rin olgan "Zenit" va "Lokomotiv" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Mazkur bahsda maydon egalari 3:1 hisobida g‘alaba qozonib, mudatidan avval RPL chempioniga aylandi.
Semak shogirdlari chempionat yakuniga 3 tur qolganida 61 ochko to‘plab ikkinchi o‘rindagi "Dinamo" Moskvadan 9 ochkoga ilgarilab ketdi.
Shu tariqa, "Zenit" qatorasiga 4-marta Rossiya chempioniga aylandi.
Fikrlar