
Zeedorf: "Oxirgi "Oltin to‘p" Vinisiusniki bo‘lishi kerak edi"
Gollandiyalik futbolchi Klarens Zeedorf "Real" vingeri Vinisius Juniorni 2024 yilgi "Oltin to‘p"ga munosib deb hisoblaydi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilgi ovoz berish natijalariga ko‘ra, "Manchester Siti" xavbeki Rodri birinchi o‘rinni egallab, "Real"ning braziliyalik yulduzi Vinisius Juniorni ortda qoldirgan edi.
– Oxirgi "Oltin to‘p" Rodriga berilgani sizga ma’qulmi? Yangi tendentsiya – endilikda to‘purar emas, xavbeklarga ham e’tibor qaratilyaptimi?
– Bu erda muammo hujumchilarga beriladi, deb o‘ylamayman. Menimcha, Vini oxirgi "Oltin to‘p"ga munosib edi. Agar ovoz berish menga bog‘liq bo‘lganda, uni tanlardim.
– Rodri ham albatta loyiq edi. U juda zo‘r mavsum o‘tkazdi. Lekin menimcha, Vini bundan ham ortiqcha narsa qildi. Albatta, bu mening shaxsiy fikrim, – deya qo‘shimcha qildi Zeedorf.
Fikrlar