
Zaynab Tunisda o‘zini ko‘rsatdi
Tunisda qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha Gran-pri turniri o‘z nihoyasiga etdi. Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham qatnashdi.
Yurtdoshlarimiz orasida eng yuqori natijani Zaynab Dayibekova qayd etdi. Musobaqa davomida Olimpiya o‘yinlarining ikki karra kumush medali sohibi fransiyalik Sara Balser kabi taniqli raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan Dayibekova chorak finalda boshqa bir fransuz sportchisi Sara Nuchaga imkoniyatni boy berdi va kuchli sakkizlikdan joy oldi.
1/32 finalda o‘zbekistonlik qilichbozlar Gulistan Perdebaeva va Fernanda Errera o‘zaro raqobat qildi. Jamoadoshini enggan Fernanda Errera nimchorak finalda musobaqaning bo‘lajak g‘olibi yaponiyalik Misaki Emuraga 14:15 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Yigitlarimizdan Islambek Abdazov ham nimchorak finalda yurishini to‘xtatdi.
Fikrlar