"Zaymovichni olib kelganimda 10 ta gol ura oladimi, deb aytishgandi"

  • 26 may, 2023, 11:38
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

“So‘g‘diyona” klubiga mavsum boshida taklif qilingan belgiyalik hujumchi Zenan Zaymovich oxirgi paytlarda tinmasdan gollar uryapti. Qachonki, jizzaxliklarga Ivan Boshkovich bosh murabbiy etib tayinlanganidan so‘ng Zaymovich o‘zini ko‘rsatishni boshladi. U 6-turda debyut golini urgan bo‘lsa, shundan beri har uchrashuvda raqib darvozalarini ishg‘ol qilib kelmoqda. Natijada legioner hujumchi 6 ta goli bilan to‘purarlar orasida bormoqda.

Tecno

Yorqin Nazarov esa chempionatning 4-turidan keyin “So‘g‘diyona” bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarilganini bilasiz. Lekin Zaymovich Nazarov boshqaruvi ostida gol urmagandi. Yaqinda jizzaxliklarning sobiq ustozi Sports.uz saytiga bergan intervyusida ushbu legioner to‘g‘risida ham to‘xtalib, shunday dedi:

“Meni yig‘gan jamoam noto‘g‘ri bo‘lmaganining isbotini hozirgi murabbiy ko‘rsatib beryapti. Futbolchilarni qiynalib qaysidir jamoalardan olgandik. Tarkibni men yig‘ganman. Hammasini o‘zimni uslubim va o‘yinimga moslashtirib taklif qilganman.

Keyin yaxshi legionerlarni olib kelmabdi, degan gap-so‘zlar bo‘ldi. Endi qarang, olib kelgan legionerlarimdan biri Zenan Zaymovich! Hozir 6 ta gol bilan to‘purarlar orasida bormoqda. Yomon futbolchi bo‘lganida hozir 6 ta gol urmasdi. Uni olib kelganimda menga bu o‘yinchi 10 ta gol ura oladimi, deb aytishgandi. Bu albatta 10 ta gol urishini aytgandim. U xotirjamlik bilan 10 ta gol ura oladi”, - deydi Nazarov.

"O‘zbekistonga qaytganimizdan so‘ng hammani yutishni boshlaymiz, deb o‘ylagandim" - "So‘g‘diyona" bilan xayrlashgan murabbiy qiziqarli gaplarni aytdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Urinov Shoxjahon
26/05/2023 19:02
Ёркин Назаров эртак айтма. Сан мураббий эмассан. Жиззахда факат Корин ту́йгазиш билан овора булдинг. Санда тактика нол экан.
Dolche& Gabana
26/05/2023 14:57
Ерик яхшиям игрокинг бомбардирмас как будьто бир нимани койил киб куйган тренердай каррилайсан сал пасрок тушкин сани уревенин ниже плинтуса вапшето так что будь на себя