Zaxa yana MYuga qaytmoqchi

  • 18 may, 2019, 10:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning «Kristal Pelas» klubi hujumchisi Vilfrid Zaxa yozda yana «Manchester Yunayted»ga qaytishi mumkin.

Tecno

The Telegraph nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 26 yoshli futbolchi agar “qizil iblislar” tomonidan unga taklif bildirilsa, ushbu taklifni ko‘rib chiqishga tayyor. Biroq, MYu hozircha faqatgina London klubidan ketishni rejalashtirayotgan Zaxani kuzatmoqda.

Ta’kidlash kerakki, Zaxaga asosan “Arsenal” va “Borussiya” Dortmunddan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda. Ammo, “Kristal Pelas” uning transferini 100 mln funtga baholamoqda. Muzokaralar davomida ushbu mablag‘ 70 milliongacha kamaytirilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Vilfrid Zaxa joriy mavsum “Kristal Pelas” safida jami 38ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 10ta gol urishga erishdi. Uning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!