
Zarruh Adashevning 6 dekabrdagi jangi nega bo‘lmaydi?
Xabaringiz bor, “Bellator”da o‘z janglarini o‘tkazadigan yurtdoshimiz Zarruh Adashev 6 dekabr kuni AQShdagi mashhur “Madison Square Garden” arenasida “Combat at the Garden” turniri doirasida o‘zi egalik qilib turgan, 61.235 kg qadar bo‘lgan vazn toifasidagi ISKA (International sport kickboxing association) chempionlik kamari himoyasi uchun, mezbon Devisga qarshi jang qilishi kerak edi.
Afsuski, ushbu jangga tibbiyot xodimlari tomonidan ruxsat berilmadi. Ya’ni hamyurtimizning jarohati to‘la tuzalmaganligini e’tirof etishdi. Ma’lumki, joriy yilning oktyabr oyida Bellator 232 turnirida Zarruh okean orti vakili Tevin Daysni texnik nokautga uchratish barobarida o‘zi ham biroz jarohat orttirib olgandi.
Ma’lumot uchun, Zarruh Adashev Bellator promousheni tarkibida erkin agent maqomida faoliyat yuritadi.
Fikrlar