
Zarba berishni Xolanddan o‘rganing!
Angliya premer-ligasi tahlilchilari joriy mavsumda barcha o‘yinchilar statistikani o‘rganib chiqib, ular orasidan eng ko‘p zarba bergan futbolchilar ro‘yxatini shakllantirdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, raqib darvozasiga ko‘p zarba berishda “Manchester Siti” hujumchisi Erling Xolandga etadigani yo‘q. Norvegiyalik forvard darvozani ishg‘ol qilishga 46 marta harakat qilgan.
Keyingi o‘rinni “Liverpul” to‘purari Muhammad Saloh egalladi. Misrlik futbolchi o‘zi ishtirok etgan uchrashuvlarda raqiblar darvozasi sari 38 marta zarba bergan.
Kuchli uchlikdan kutilmaganda “Manchester Yunayted” pleymeykeri Brunu Fernandesh ham o‘rin oldi. Portugaliyalik yarim himoyachi 36 marta zarba kuchini qo‘llagan.
Bu mavsum ham to‘purarlar poygasida Xoland etakchilik qilmoqda. O‘tgan gal 35 ta o‘yinda raqiblar darvozasini 36 marotaba ishg‘ol qilgan hujumchi, yangi chempionatda 12 marta maydonga tushib, o‘z hisobiga 13 ta gol yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar