
"Zaltsburg"da Xoland va Minaminodan keyin, koreyalik futbolchi porlamoqda!
"Zaltsburg" hujumchisi Xvan Xi Chxan Evropa Ligasining nimchorak finalida "Ayntraxt" (1:4) darvozasiga penaltidan gol urdi.
E’tiborli tomoni, koreyalik futbolchi Evrokuboklarning joriy mavsumida 7 ta bahsda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U, kuzda Chempionlar ligasining guruh bosqichida 6 ta o‘yinda maydonga tushib 6 ochko (3+3) jamg‘argan edi. Shunda, Xvan Xi Chxan "Liverpul", "Napoli" va "Genk" klublariga qarshi bellashuvlarda faol ishtirok etgandi.
Forvard Avstriya chempionatining amaldagi mavsumida 15 ta uchrashuv o‘tkazib, 6 ta gol va 7 ta golli uzatma muallifiga aylangan.
Fikrlar